Sayyor qabulda aholi murojaatlari oʻz yechimini topmoqda

15:52 10 Oktyabr 2019 Jamiyat
135 0

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Sho'rchi tumanidagi “Sovurtepa” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizm va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlayapti.

Inchunun, joylarda muntazam ravishda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning shikoyatlarini atroflicha oʻrganish, turli masalalar yechimini topish, har bir murojaatning ildiziga yetib borishga xizmat qilmoqda.

Soʻnggi 10 kun mobaynida birgina Sho'rchi tumanida uchinchi marotaba sayyor qabul uyushtirildi. Unda 4 ta sektor hamda viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari bevosita ishtirok etib, murojaatlar atroflicha oʻrganilmoqda. Bugun “Sovurtepa” mahallasida oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan 130 ta murojaat tushdi. Ularning 47 tasiga bugunning oʻzidayoq amaliy yordamlar koʻrsatildi. Vaqt va oʻrganish talab etadigan murojaatlar yechimi yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish boʻyicha mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabuldan soʻng viloyat hokimi tumanning “Joyilma” mahallasida yangidan bunyod etilgan aholi massivida boʻlib, 1 oy muddatda bu yerda odamlar uchun zarur qulayliklar yaratish, yoʻl qurilishi, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yukladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?