Sayyohlarga audiogid hamrohlik qilmoqda

18:43 17 Yanvar 2019 Welcome to uzbekistan
366 0

Illyustrativ foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Buxoroga kelgan singapurlik sayyoh Tu Vo Pinga qadimiy Ark qoʻrgʻonida audiogid hamrohlik qildi.

— Audiogidga buyurtma berib, muzey-qoʻriqxona haqidagi barcha muhim maʼlumotga ega boʻldim, — deydi u. — Bu yerda shunday zamonaviy servis xizmatining yoʻlga qoʻyilgani meni xursand qildi.

“Ark” muzey-qoʻriqxonasi jamoasi tomonidan yaqinda amalga oshirilgan bu innovatsion loyiha, chindan ham, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratmoqda. Audiouskunaga muzey-qoʻriqxona ilmiy xodimlari tomonidan ishonchli manbalar asosida oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan maʼlumotlar bazasi kiritilgan. Uyali aloqa vositasi hajmidagi ixcham ovozli audiogid buyurtmachiga zarur barcha axborotni yetkazib turadi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mazkur muzey-qoʻriqxonada 150 mingga yaqin nodir eksponatlar saqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?