Sayyoh Oʻzbekistonni piyoda 80 kunda aylanib chiqmoqchi

“Xalq soʻzi Online”. Saminjon Husanov/Andijon. Sayyoh Sohib Rajabov butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun yoʻlga tushdi.
Ahamiyatli jihati shundaki, u Andijon viloyatining eng chekka hududi boʻlmish Xonobod shahridan Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanigacha boʻlgan 2200 kilometr masofani piyoda bosib oʻtishga qarorga qilgan. Buning uchun sayyohga 80 kun vaqt kerak boʻladi.
“Oʻzbekiston jahonga yuz tutmoqda. Xorijliklarning ham mamlakatimizga boʻlgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Chet elliklarning tomosha, ziyorat qilsa, dam olsa boʻladigan maskanlari juda koʻp. Tabiatimiz, milliy anʼanalarimiz, arxitekturamiz betakror. Buni xorijlik sayyohlarga tushuntirishimiz kerak. Nega aynan piyoda yoʻl bosishimga kelsak, men respublikamiz sayyohlar uchun eng xavfsiz, bexavotir, qiziqarli va mazmunli maskan ekanligini amalda isbotlab bermoqchiman”,-deydi Sohibjon Rajabov.
Sayyohni manzildan manzilga Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyev kuzatib qoldi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
- Rasmiy bayonot: Gulnora Karimovaga yangi ayblov qoʻyildi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: