Saylovlar jarayoni turli tillarda yoritiladi

14:31 25 Sentyabr 2019 Siyosat
187 0

Oʻzbekiston Respublikasida barcha millatlar vakillarining siyosiy huquqlari, shu jumladan saylov huquqini boshqa fuqarolar bilan teng va erkin amalga oshirishi davlat tomonidan kafolatlangan. Mamlakatda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida teng va erkin ishtirok etishi, ijtimoiy imtiyozlardan bahramand boʻlishi, oʻz etnik, milliy, diniy, til va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 138 milliy madaniy markaz, 34 doʻstlik jamiyati, 7 tilda taʼlim muassasalari, 12 tilda ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Davlat tili haqida”, “Fuqarolik toʻgʻrisida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” kabi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari va gumanitar huquqlarga oid xalqaro xujjatlar, ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlar huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Yurtimizda tojik millatiga mansub qariyb 1,5 million fuqaro istiqomat qiladi. Mamlakatimizning 10 hududida tojik milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Samarqand, Termiz, Fargʻona davlat universitetlarida tojik tilida mashgʻulotlar olib boriladi.

“Nurli jol” gazetasi ham Oʻzbekistonning eng keksa gazetlaridan. Tajribali jurnalistlar ishlaydi.

Oʻzbekistonda 1,5 milliondan ortiq qozoq millatiga mansub fuqaro istiqomat qilmoqda. Mamlakatda 100 ga yaqin qozoq milliy-madaniy markazi va 500 dan ortiq qozoq tili oʻqitiladigan umumtaʼlim maktabi mavjud. Qozoq tilida kadrlar tayyorlanmoqda, ansambllar, teatr faoliyat koʻrsatmoqda.

“Koryo sinmun” (“Koreys gazetasi”) 1997-yildan chiqa boshlagan. 2017-yili 20 yilligini nishonladi.

Mamlakatimizda katta obroʻ-eʼtibor qozongan 283 nafar koreys millatiga mansub yurtdoshimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Saylov kodeksi oʻzbek tilidan tashqari, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida ham chop etildi. Kodeks normalarini turli tillarda chop etiladigan OAVda keng targʻib qilib borish, saylovlar jarayonida ochiqlik, oshkoralik kabi noyob demokratik qadriyatlarni hayotda tadbiq etish imkoniyatini yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ham mamlakatimiz xayotida muxim oʻrin tutuvchi siyosiy jarayonlar, saylov kampaniyasiga oid tafsilotlarni xalqqa yetkazishda turli tillarda nashr etiladigan bosma OAV, xususan qozoq tilidagi “Nurli jol”, tojik tilidagi “Ovozi tojik”, koreys tilidagi “Koryo sinmun” kabi boshqa gazetalar bilan ham hamkorlik qilishni maqsad qilgan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Koryo sinmun” gazetalarining bosh muharrirlari bilan oʻzaro hamkorlik hususida suhbat boʻlib oʻtdi. Tomonlar saylov jarayonlarini yoritishda yaqindan hamkorlik qilish haqida kelishib oldilar.

Markaziy saylov komissiyasi

Axborot xizmati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?