Saylov kodeksi qabul qilinadi

12:28 07 Noyabr 2018 Jamiyat
314 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishi etib shu jumladan, saylovlarni oʻtkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng taʼminlash belgilandi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari daxlsizlik maqomi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirildi.

Markaziy saflov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazi tashkil etildi. Markaz saylov komissiyasi aʼzolarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, qaror bilan Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish, muhokama natijalariga koʻra loyiha matnini takomillashtirish va Saylov kodeksini qabul qilish (muddat 2018 yil noyabr-dekabr), shuningdek boshqa qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarini Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?