Sayillarda quvonch va zavq hukmron

14:35 22 Mart 2019 Jamiyat
402 0

Illyustrativ foto

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Orolboʻyining shaharu qishloqlarida ayyomga bagʻishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar davom etmoqda. Shumanay, Qoraoʻzak, Kegeyli, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Chimboy, Qoʻngʻirot tumanlarining diqqatga sazovor joylaridan tortib, eng chekka hududlargacha sayil ishtirokchilari bilan gavjum.

— Mahallamizda 5 ming 600 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, — deydi “Navbahor” MFY oqsoqoli A. Yerimbetov. — Navroʻz sabab yoshu keksa tadbirlarda faol qatnashyapti. Bu navqiron avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bayram munosabati bilan kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi, nuroniy otaxonu onaxonlarga sovgʻa-salomlar ulashildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?