Saida Mirziyoyeva: “Maktablarda mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta”

15:16 31 May 2019 Jamiyat
478 0

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi oʻquv yilidan majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi borasida fikr bildirdi.

Kecha Prezidentimizning Beshta tashabbusini hayotga samarali tatbiq etish masalasini xorijiy ekspertlar bilan muhokama qildik. Loyihaning strategik yoʻnalishlari, chet el tajribasi va undan foydalanish boʻyicha fikr almashdik.

Yodingizda boʻlsa, beshta tashabbusni, eng avvalo, maktablardan boshlash gʻoyasi ilgari surilgan edi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida, ayrim joylarda sharoit ogʻir ekanligi, koʻplab maktablar taʼmirtalab, oʻquv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada oʻtilishini koʻrdik.

Bu yildan boshlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi rejalashtirilgan. Lekin mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb oʻylaymiz. Qisqasini aytganda — oldin sharoit, keyin talab.

Albatta, bu oson ish emas. Izdan chiqqan taʼlim tizimini tuzatish juda katta mablagʻ, bir necha yil vaqt va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Bu yoʻlda xatolar ham boʻlishi mumkin, chunki bu jarayon. Biroq hozir shu ishlarni boshlamasak, ertaga masala yanada murakkablashadi.

“Xullas, bu yoʻlda barchamiz hamjihat boʻlib harakat qilishimiz kerak. Mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegishli takliflar kiritildi“, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?