Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi

19:39 14 Fevral 2020 Siyosat
215 0

Foto: Global Women's Forum Dubai

Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva, Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan, 2020-yilgi Butunjahon ayollar forumida qatnashadi.

Forum 16-17-fevral kunlari Dubayda boʻlib oʻtadi. Unga taklif etilganlar orasida AQSHning birinchi xonimi Ivanka Tramp, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.

Ikki kunlik anjumanda 87 ta davlatdan jami 3 mingdan ortiq delegat qatnashishi kutilyapti. 60dan ziyod vorkshop va sessiyalarda turli mavzular muhokama qilinadi.

Jumladan, Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼruza qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?