“Said va Saida” badiiy filmi uchun AQSHdan tashakkurnoma keldi

11:19 29 Oktyabr 2019 Madaniyat
309 0

Joriy yilning oktyabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Atlanta shahrida yashovchi oʻzbeklar jamiyati aʼzolari uchun “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan yaratilgan “Said va Saida” badiiy filmining taqdimot marosimi boʻlib oʻtgan edi. Shu munosabat bilan AQSHning Atlanta shahri Oʻzbeklar jamiyatining Raisi Rahmon Eshovning “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov nomiga film haqida iliq taassurotlar va minnatdorchilik bildirilgan tashakkurnomasi keldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tashakkurnoma lotin yozuvida yozilgan boʻlib, unda jamiyat raisi “Said va Saida” kabi filmlarning ishlanayotgani xorijdagi vatandoshlarimizni xursand qilishini va bunday taqdimotlarning koʻproq boʻlishini istashlarini bayon etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?