Said Atamboyev: “Otamning salomatligi yomonlashgan…”

20:57 19 Fevral 2020 Siyosat
298 0

Arxiv surat

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning oʻgʻli Said otasining salomatligi keskin yomonlashganini maʼlum qildi.

“Otamning qon bosimi judayam past. Shifokorlarning aytishlaricha, bu istalgan vaqtda insult yoki infarktga olib kelishi mumin“, — deb yozdi u Facebook sahifasida.

Said Atamboyevning maʼlum qilishicha, sobiq prezidentning qon bosimi koʻrsatkichi oxirgi marta 76 ga 60 boʻlgan.

Qirgʻiziston maxsus xizmatlari 7-8-avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qoʻy-Tosh qishlogʻida uni qoʻlga olish boʻyicha amaliyot oʻtkazgandi. Bunda maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qoʻllashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari esa bunga javoban oʻt ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgandi. 

Natijada bir kunga yaqin davom etgan toʻqnashuvlardan keyin Atamboyev taslim boʻlishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok boʻlgan.

Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar boʻyicha hibsda ushlab turilibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?