Sahara choʻlidan topilgan Oy parchasi kim oshdi savdosiga qoʻyiladi

04:56 06 May 2020 Dunyo
290 0

Foto: Reuters

Futbol toʻpi oʻlchamidek keladigan Oyning bir boʻlagi kim oshdi savdosiga qoʻyilmoqda.

“24kz.ru”ning yozishicha, savdo tashkilotchilari bu topilma orqali kamida ikki yarim million dollar ishlab olishni rejalashtirishmoqda. Sahara choʻlidan topilgan 13,5 kg. ogʻirlikdagi Oy parchasi shu paytgacha shaxsiy toʻplam sifatida saqlab kelingan.

Eksponatning haqiqiy Oyning parchasi ekanligini isbotlash uchun olimlar toshning bir qismini avvalroq kosmonavtlar tomonidan olingan namunalar bilan solishtirgan va uni Oydan topilgani isbotlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?