Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi yangilanishar jarayoni bilan tanishdi

14:40 03 Dekabr 2019 Jamiyat
493 0

Toshkent shahar hokimi Dushanbe shahri raisini Toshkentdagi yangilanishlar va oʻzgarishlar jarayoni bilan tanishtirdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Imomali Toshkentda barpo etilayotgan yer usti metro liniyasining Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida qurilgan qismi hamda yangi yoʻnalishda harakatlanishga moʻljallangan vagonni koʻzdan kechirish davomida yurtimizda qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlar koʻlami kengligini, bunday yoʻnalishdagi ishlar borasida fikr almashish va tajriba oʻrganish Tojikiston uchun muhimligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Yashnobod tumanidagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” mono markaziga ham borishdi. Markaz bilan tanishish davomida yuksak martabali mehmonlar uning ishlash tartibi va aholi uchun qanchalik foydali ekanligi haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldilar.

Tashrif davomida Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markazining yaqinda foydalanishga topshirilgan binosida ham boʻldi. Markaz faoliyati hamda uning samarali ishlashi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?