Ruslan Qurbonov yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

15:14 23 Aprel 2019 Sport
223 0

Qatar poytaxti Doha shahrida oʻtkazilayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

22 aprel kuni uch xatlab sakrash boʻyicha bahslarda ishtirok etgan yurtdoshimiz Ruslan Qurbonov 16,93 m natija qayd etib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini Nadiya Dusanova, Svetlana Radzivil, Nigina Sharipova, Roksana Xudoyorova, Yekaterina Voronina, Aleksandra Yurkevskaya, Sanobar Erkinova, Ivan Markelov, Alina Yablokova, Marat Haydarov, Suhrob Xodjayev, Ivan Denisov, Sergey Dementyev va Nikita Loginov himoya qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Dohadagi “Xalifa” stadionida oʻtkaziladigan chempionatda musobaqa tashkilotchilari xabariga koʻra 44 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar 43 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 21-24 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?