Ruminiya maktablari Oʻzbekiston universiteti bilan hamkorlik oʻrnatish taklifi bilan chiqdi

15:21 23 Aprel 2019 Jamiyat
227 0

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Ruminiyaning “Collegiul National Ienachita Vacarescu” tashkilotida Erasmus+ loyihasi doirasidagi xalqaro anjumanda ishtirok yetishmoqda.

Oʻzbekiston, Ruminiya, Italiya, Malta va Norvegiya davlatlari ishtirokida oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida har bir davlat vakillari oʻz mamlakatlarida yoshlar tomonidan turli ijtimoiy jabhalarda olib borilayotgan koʻngillilar (volontyorlik harakati) guruhlari haqida soʻz yuritishdi. Yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini qanday tashkil etishlari, ularning tarbiyasida taʼlim muassasasining roli xususida soʻz borarkan, oʻzbeklarning milliy pedagogikasida “oila — mahalla — taʼlim maskani” konsepsiyasining oʻziga xosligi xorijlik soha mutaxassislari tomonidan eʼtirof etildi.

Anjuman soʻngida Ruminiya maktablari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik oʻrnatish haqidagi taklif bilan chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?