Rossiyaning yana bir klubida 6 nafar futbolchi koronavirus yuqtirib oldi

22:27 25 Iyun 2020 Dunyo
373 0

Rossiyaning “Orenburg” klubi jamoa futbolchilari va xodimlarida koronavirus aniqlanganligini rasman eʼlon qildi.

“Orenburg” klubida oʻtkazilgan navbatdagi test natijalariga koʻra, klubning 8 nafar aʼzosi – 6 nafar futbolchi va 2 nafar xodimning koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi aniqlandi», - deyiladi klubning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida.

Qayd etilishicha, 23-turdagi “Lokomotiv” — “Orenburg” oʻyini oldidan oʻtkazilgan barcha test natijalari manfiy chiqqan.

Maʼlumot uchun, “Orenburg” navbatdagi uchrashuvni 27-iyun kuni “Krasnodar”ga qarshi oʻtkazishi lozim. Krasnodarliklarning soʻnggi turdagi oʻyini ham “Dinamo” futbolchisida koronavirus aniqlangani bois, qoldirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Rostov”, “Dinamo” va “Ufa” klublarida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?