Rossiyaning “Mir” to'lov tizimi Oʻzbekistonga pul oʻtkazish imkoniyatini ishga tushirdi

18:32 30 Iyun 2020 Iqtisodiyot
102 0

Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi kartalari egalari uchun Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻldi.
Endilikda, “Mir” kartalaridan Uzcard (Oʻzbekiston) va ELKART (Qirgʻiziston) toʻlov tizimlarida ishtirok etuvchi istalgan bankning kartalariga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish mumkin.

“Mir” operatorining maʼlum qilishicha, mijozlar komission toʻlovlar, shu jumladan valyutani konvertatsiya qilishda 3 foizgacha tejashi mumkin. Mamlakat tashqarisiga pul oʻtkazish uchun 4 foizgacha umumiy komissiya olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?