Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 60 yoshdan oshganlarga qoʻllash tavsiya etilmadi

22:32 29 Sentyabr 2020 Dunyo
809 0

Arxiv surat

Rossiyaning N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinani 60 yoshdan oshganlarga qoʻllashga rasmiy ravishda klinik sinovlarning uchinchi bosqichi tugagandan keyin ruxsat etiladi. 

Bu haqda mazkur markazning rasmiy bayonotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Maʼlumki, Rossiya Federatsiyasi dunyoda birinchi davlat boʻlib, “Covid-19”ga qarshi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Unga “Sputnik V” deb nom berilgan edi.

Markaz direktori Aleksandr Ginsburg soʻzlariga koʻra, Rossiyada ayni paytda kuniga oʻrtacha 500-600 kishi ushbu vaksinani qabul qilmoqda va umumiy koʻrsatkich allaqachon 5 ming kishidan oshgan.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?