Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi deyarli tayyor. Aholini bepul emlash rejalashtirilmoqda

20:24 01 Avgust 2020 Dunyo
415 0

Foto: ТАSS

Rossiyalik mutaxassislar tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina barcha koʻngillilarda immunitet hosil qilgan.

Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev maʼlum qildi.

Uning aytishicha, sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarida qatnashganlarning barchasida vaksina qabul qilganidan keyingi 21-kunda organizmda immunitet rivojlanganligini koʻrsatgan.

Vaksinatsiya jarayonida qatnashgan 100 foiz hayvonlarda ham immunitet rivojlanganini taʼkidlayotgan Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, vaksina toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar avgust oyida taqdim etiladi.

Kirill Dmitriyevning qayd etishicha, hozirda 20 dan ortiq davlatlar Rossiya vaksinaga qiziqish bildirgan va besh mamlakat esa uni ishlab chiqarishda ishtirok etishini maʼlum qilgan.

Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning aytishicha, mamlakat aholisi uchun koronavirusga qarshi emlash bepul boʻladi.

Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko shanba kuni jurnalistlarga ruslar uchun koronavirusga qarshi emlash bepul boʻladi.

“Biz koronavirusga qarshi emlash byudjetdan toʻliq qoplanishini rejalashtirmoqdamiz. Emlash reja asosida amalga oshiriladi”, deydi Murashko.

Oldinroq Rossiya oʻz aholisini 15-avgustdan boshlab koronavirusga qarshi emlashga kirishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?