Rossiyaning eng boy ayoli maʼlum boʻldi

20:54 20 Fevral 2020 Dunyo
316 0

Fotо: РИА Новости

“Wildberries” onlayn doʻkoni asoschilaridan biri va egasi Tatyana Bakalchuk “Forbes” jurnali talqiniga koʻra, Rossiyaning eng boy xonimi deb topildi.

Xabarga koʻra, Bakalchukning boyligi yil davomida 400 million dollarga koʻpaygan va 20-fevralda 1,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

“Bakalchuk boyligining koʻpayishi uning asosiy aktivi — Wildberries onlayn doʻkoni bahosining oʻzgarishi hisobiga amalga oshdi. Rossiyaning eng katta onlayn doʻkonlari roʻyxatida Wildberries birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda doʻkonning savdo aylanmasi 88 foizga ortib, 223,5 mlrd rublni tashkil qildi”, — deb qayd etadi Forbes.

Wildberries 2019-yilda 164 million dona buyurtmalarni yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi natijalarga nisbatan 2 barobar koʻproq.

Kompaniya buyurtmalarni Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus, Armaniston boʻylab yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?