Rossiyaliklar yangi yil bayrami uchun Oʻzbekistonda qancha pul sarflashdi?

09:42 22 Yanvar 2019 Welcome to uzbekistan
632 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Visa kompaniyasi rossiyaliklarning yangi yil bayrami xarajatlarini maʼlum qildi. Visa kartasi boʻyicha Oʻzbekistonda qilingan xarajatlarning 50 foizi rossiyaliklar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Unga koʻra, rossiyaliklar yangi yil bayramini Oʻzbekistonda nishonlash uchun qariyb 1,5 mln. dollar ishlatgan.

Rossiyaliklar mana uchinchi yildirki yangi yil ayyomini kutib olish uchun eng koʻp pulni Italiyada qoldirgan — 29 mln. dollar. Bu boradagi yetakchi beshta davlat orasidan BAA(22 mln. dollar), Tailand(21 mln. dollar), AQSH(17 mln. dollar) va Fransiya(16 mln. dollar) ham joy olgan.

Visa kartasini tutuvchi rossiyaliklar toʻrtta davlatda boshqa xorijliklarga nisbatan eng koʻp pul sarflagan. Bular Belarus(13 mln. dollar), Armaniston(2,8 mln. dollar), Oʻzbekiston(qariyb 1,5 mln. dollar) va Tojikiston(525 ming dollar)dir. 2019 yilda xarajatlarning top-uchtaligi ham oʻzgargan. Bankomatlar va mehmonxonalarda yashash yetakchilar qatorida turgan boʻlsa, restoranlar oilaviy kiyim-kechaklar doʻkonini uchinchi oʻringa tushirib qoʻydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?