Rossiyalik rejissor “Diydor”da Shekspirning asarini sahnalashtirmoqda

15:46 29 Iyul 2018 Madaniyat
516 0

Rossiyaning Yoqutiston respublikasidan taklif etilgan rejissyor Sergey Potapov Madaniyat vazirligi ko‘magi va “Do‘stlar klubi” hamkorligida “Diydor” teatr-studiyasi yosh ijodkorlariga mahorat saboqlari o‘tish bilan birga yangi spektal sahnalashtirishga ham kirishdi. Bu haqda “Daryo” internet nashri ma’lum qilmoqda.

Foto: Daryo

“Diydor” teatr-studiyasida O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Turob To‘la tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Uilyam Shekspirning shoir tarjimasidagi “Qiyiq qizning quyilishi” asari sahnalashtirilmoqda.

Taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev badiiy rahbarligidagi ushbu spektakl premerasi 10-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Sergey Potapov Rossiyada bir qancha zamonaviy asarlardan tortib, jahon klassikasi durdonalarigacha sahnalashtirgan bo‘lib, “Makbet” spektakli uchun nufuzli “Oltin niqob” (“Zolotaya maska”) mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019