Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi taom shaklidagi vaksina yaratishdi

00:01 03 Iyun 2020 Dunyo
390 0

Sankt-Peterburgning Eksperimental tibbiyot instituti olimlari sut mahsuloti sifatida ishlatish mumkin boʻlgan koronavirusga qarshi vaksina yaratishmoqchi.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti Vladimir Chexonin maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, tayyorlanayotgan dori vositasi organizmga ogʻiz orqali, aerozol yoki instillyatsiyalar shaklida yuboriladigan vaksinalar turiga mansub boʻlib, shunday vaksinalarning koʻrinishlaridan biri boʻlmish yogurt shakliga keltirilgan.

Hozirda uning klinik tekshiruvlargacha boʻlgan sinovlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?