Rossiyalik investor Namanganda yangi korxona qurish uchun 1,6 mln dollar investitsiya kiritadi

16:09 18 Fevral 2019 Iqtisodiyot
253 0

Illyustrativ foto

Rossiya Federatsiyasi ishbilarmon doiralari tarkibida Namanganga tashrif buyurgan Smolensk trikotaj fabrikasi direktori Nina Nikonova gullar shahrida oʻz korxonasini ishga tushirishga qaror qildi.

- Namangandagi investitsiyaviy muhit bizga juda maʼqul tushdi, - deydi N. Nikonova. – Ayniqsa, viloyat markazida faoliyat yuritayotgan kichik sanoat zonalaridagi zamonaviy ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan muhandislik kommunikatsiya tizimi har qanday investorni oʻziga jalb etadi. Shundan kelib chiqib, biz shaharda oʻz korxonamizni tashkil etish taklifini oʻrtaga tashladik.

Smolenskdagi “Nashe” trikotaj fabrikasi taklif etayotgan loyihaga muvofiq, Namanganda yiliga 12 million juft paypoq va 1 million dona trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan korxona barpo etiladi. Buning uchun 1,6 million AQSH dollari miqdorida investitsiya yoʻnaltirilib, 300 dan ziyod yangi ishchi oʻrinlari yaratiladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?