Rossiyaga jahon chempionati paytida qariyb 25 million marta kiberhujumlar uyushtirildi

16:55 16 Iyul 2018 Dunyo
532 0
Illyustrativ foto

Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati paytida mamlakat axborot infratuzilmalariga qilingan qariyb 25 mln. kiber hujum va boshqa ta’sirlar zararsizlantirildi. Bu haqida kecha RF prezidenti Vladimir Putin JCH-2018 xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo operativ shtab xalqaro hamkorlik markazi vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Chempionat davrida Rossiya axborot infratuzilmalariga futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bilan u yoki bu darajada bog‘liq tarzda qilingan qariyb 25 mln.ta kiberhujum va boshqa jinoiy harakat bartaraf etildi”, - dedi u.

RF rahbarining aytishicha, dunyoning 34 davlatidan maxsus xizmatning 130ga yaqin vakili JCH xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etdi.

Vladimir Putin rossiyalik va xorijlik maxsus xizmat hamda huquq-tartibot organlari xodimlariga bu boradagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?