Rossiyaga nisbatan AQSHning yangi sanksiyalari iqtisodiy urushning boshlanishi deya baholanishi mumkin

11:03 13 Avgust 2018 Dunyo
605 0
Illyustrativ foto

Vashington tomonidan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yanada qat’iylashtirilishi iqtisodiy urush e’lon qilinishi sifatida baholanishi mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov Kronosk davlat qo‘riqxonasi xodimlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar berdi TASS.

“Agar ko‘rinishidan bank faoliyati yo boshqa bir valyutani taqiqlashning ortidan ergashilsa, buni iqtisodiy urush e’lon qilinishi deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomlash mumkin. Va mazkur urushga iqtisodiy, siyosiy jihatdan, zarur holatlarda boshqa yo‘llar bilan javob berish darkor”, - dedi RF bosh vaziri.

D.Medvedev amaldagi sanksiyalar haqida gapirar ekan, cheklov bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazayotganini tan oldi. Uning so‘zlariga qaraganda, sanksiyalar Rossiyani xalqaro maydondagi kuchli raqobatchilar safidan olib tashlash uchun kiritilayotir.

AQSHning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalari 22 avgustdan kuchga kiradi. Cheklovlar Angliyada Rossiya razvedkasining sobiq ikkiyoqlama agenti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bilan bog‘liq. Vashingtonda e’lon qilinishicha, Rossiya “Novichok” jangovar zaharlovchi moddani qo‘llab, xalqaro huquqni buzgan. Yangi sanksiyalar Rossiyaga aviatsiyada foydalaniladigan elektron qurilmalar eksportini taqiqlashni nazarda tutadi. Shuningdek, “Aeroflot” uchun AQSHga parvozlarni amalga oshirish man etilishi mumkin.

Yana shuni qayd etish lozimki, Vashington tomonidan e’lon qilingan yangi sanksiyalar arafasida rubl keskin arzonlashib ketdi.

Bundan tashqari, amerikalik senatorlar Kongressga Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham kiritdi. Ular Rossiya qarz qog‘ozlari bilan operatsiyalarni cheklash, Rossiya banklarining dollar valyutasidagi hisob-kitoblarini yopib qo‘yish va Rossiyani “terrorizmga homiylik qiladigan davlat” sifatida tan olishni taklif etishyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?