Rossiyaga muxlislik qilgan ukrainalik futbolchi jamoadan haydaldi

16:46 05 Iyul 2018 Sport
1629 0
Foto: Telegraf

Ukrainaning “Karpati” futbol klubi yoshlar jamoasi darvozaboni Mixail Gotra jamoadan chetlatildi. Bu haqda jamoa muxlislar portalida xabar berilgan.

Manba xabarida qayd qilinishicha, futbolchi Rossiya terma jamoasining JCH-2018 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yini vaqtida rus jamoasini qo‘llab-quvvatlab ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan. Shuningdek murabbiy Stanislav Cherchesovni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus mo‘ylovlilar fleshmobida ham ishtirok etgan.

Foto: Instagram

Bundan xabar topgan ukrain jamoasi rahbariyati 18 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?