Rossiyadan qaysi charter reyslar uchun chiptalar erkin sotuvga chiqarilgani maʼlum boʻldi

14:39 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
175 0

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-na-Donu) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini maʼlum qildi.

"Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga parvoz qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, PCR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qatnov joʻnashidan 72 soatdan koʻp boʻlmaganda) taqdim etilgan holda ruxsat beriladi. PCR maʼlumotnomasi boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniya qatnovlariga qoʻyilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways AJning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqangizdagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?