Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi oshdi

Illyustrativ foto
Joriy yilning birinchi choragida Rossiyadan Oʻzbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 818 million AQSH dollari(shundan 340 millioni Rossiya fuqarolari tomonidan) joʻnatilgan. Oʻtgan yilning ushbu davrida mazkur koʻrsatkich 726 mln. dollar edi.
Rossiya Markaziy banki maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston MDH davlatlari ichida Rossiyadan pul joʻnatmalari boʻyicha yetakchiligini mustahkamlagan.
Masalan, RFdan Tojikistonga 2019-yilning birinchi choragida 462 million dollar (oʻtgan yilning mos davrida 487 million) yuborilgan. Bu ikkinchi koʻrsatkichdir.
Armanistonga esa, aksincha, pul joʻnatmalari kamaygan. 2018-yilning dastlabki uch oyida 209 million oʻrniga bu safar 194 million dollar pul oʻtkazilgan.
Oʻzbekistondan Rossiyaga pul oʻtkazish esa oʻtayotgan yilda sezilarli ravishda kamayib, 75 million dollarni tashkil etgan. Vaholonki, oʻtgan yilning mos davrida bu koʻrsatkich 103 million dollarga yetgan edi.
Umuman olganda, jismoniy shaxslar 2018-yil yakuni boʻyicha RFdan Oʻzbekistonga qariyb 4 mlrd. dollar mablagʻ oʻtkazgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: