Rossiyadan Oʻzbekiston yogʻoch kontrabandasini uyushtirganlar ushlandi

18:17 10 Aprel 2019 Jamiyat
344 0

Rossiyaning Tomsk bojxona xizmati mamlakat FXX mintaqaviy boshqarmasi va transport politsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga kontrabanda yoʻli bilan yogʻoch mahsulotlarini olib borishga boʻlgan urinishning oldini oldi. Bu haqda Interfaks-Sibir xabar berdi.

“Tomsk kompaniyasi Oʻzbekistonga yogʻoch materiallarini deklaratsiya qilishda bojxonaga soxta shartnomalar, ularga qoʻshimcha bitimlar va arralash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etgan. Hujjatlarni direktorning oʻzi tayyorlagan, biroq shartnomada koʻrsatilgan Oʻzbekiston fuqarosi ularni imzolamagan va yogʻoch mahsulotlarini olmagan”, - deyiladi bojxona xabarida.

Shunday qilib kompaniya 2 ming 391,58 metr kub boʻlgan umumiy qiymati 11 mln. rubldan ziyod yogʻoch materiallarini noqonuniy eksport qilgan.

Mazkur holat yuzasidan RF Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, kompaniya hujjatlari musodara etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?