Rossiyada sodir boʻlgan YTHda besh nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

11:04 07 Sentyabr 2018 Dunyo
419 0
Illyustrativ foto

Rossiyaning Lipesk viloyatida ikkita yengil avtomobil toʻqnashib ketishi oqibatida besh kishi halok boʻldi, yana bir kishi ogʻir shikastlandi. Bu haqda “RIA Novosti” mahalliy IIB maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy bosh boshqarmasi vakili bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur avtohalokat Moskva vaqti bilan 20:30da (Toshkent vaqti bilan 22:30) “Lipesk-Chapligin” yoʻlida sodir boʻlgan. Lipesk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 toʻqnashib ketgan. Oqibatda VAZ haydovchisi va toʻrt yoʻlovchisi halok boʻlgan, Toyota haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

YTH natijasida halok boʻlganlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlishgan. Ular Dobrovskiy tumanida qonuniy yashagan, barcha mamlakat hududidagi zarur boʻlgan hujjatlarga ega boʻlgan.

Hozircha fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlari eʼlon qilinmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?