Rossiyada patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirishning hozirgi tartibi qanday?

04:33 23 May 2020 Jamiyat
329 0

Rossiya IIV migrantlarning patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibiga qoʻshimcha izoh berdi.

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020-yil 18-aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining qonuniy boʻlishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan, patentlarning amal qilish muddati 2020-yil 15-iyungacha uzaytirilgan.

Agar patentning amal qilish muddati 2020-yil 15-martdan 15-iyungacha boʻlgan davrda tugasa, u avtomatik ravishda 93 kunga uzaytiriladi.

Patentning amal qilish muddatini uzaytirish uchun hech qanday toʻlov talab qilinmaydi. Ish beruvchilarning xorijiy fuqarolardan avans toʻlovlarini toʻlashni talab qilishi asossizdir.

Patentga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar ushbu muddat davomida patent rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini olib borishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?