Rossiyada O‘zbekistonning Ravon brendi avtomobillari savdosi 40 foizga oshdi

10:37 18 Iyun 2018 Iqtisodiyot
323 0
Foto: Ravon Nexia R3

O‘zbekistonda Ravon brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning Rossiyadagi savdo hajmi joriy yilning dastlabki besh oyida 40 foizga oshdi.

Jumladan, yanvar — may oylarida Ravon avtomobillari savdosi 5184 ta (2017 yilda 3707 ta)ga yetib, o‘sish 40 foizni tashkil etgan.

Shunga qaramay may oyida bu borada tushish kuzatildi. Ya’ni 518 ta shu rusumdagi mashina xarid qilingan. Vaholanki, o‘tgan yilning tegishli davrida mazkur ko‘rsatkich 1219 ta edi. Umuman olganda esa, Ravon markasining Rossiya bozoridagi hissasi 0,6 foizdan 0,7 foizga ko‘paygan.

Ravon avtoulovlari Rossiyada 2015 yildan buyon sotilayotgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab uni o‘zimizda ham xarid qilish imkoniyati yaratildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?