Rossiyada OAV pandemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlar roʻyxatiga kiritildi va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

19:57 29 May 2020 Dunyo
380 0

Foto: iarex.ru

Rossiyada OAV koronavirus tarqalishidan eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlar roʻyxatiga kiritilgan. Shu bois soha davlat tomonidan qoʻllab-quvatlanishiga qaror qilingan. Bu haqda Rossiya Bosh vazir Mixail Mishustinga tayanib hukumat matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Gazetalar, jurnallar, nashriyotlar, telekompaniyalar va radiostansiyalar, onlayn nashrlar, axborot agentliklari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Shu jumladan gazeta chop etish ham” deyiladi xabarda.

“Hozir ommaviy axborot vositalarining roli, ayniqsa, muhimdir: fuqarolar nima boʻlayotgani haqida oʻz vaqtida va ishonchli maʼlumotlarni olishlari kerak”, degan ushbu qarorga izoh bergan Mixail Mishustin.

Taʼkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli kitoblarni sotish, matbuot, davriy nashrlarga obuna tushumlari kamayib, mintaqalardagi kompaniyalar zarar koʻrmoqda. Hukumatga ushbu sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushgan.

“Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari doirasida Rossiya OAV soliqlarni toʻlashini olti oyga kechiktirish, davlat, kommunal yoki xususiy mulklardan foydalanganlik uchun ijara hamda ish haqi toʻlash uchun ssudalar ajratish, bundan tashqari har qanday ehtiyojlar uchun ikki foizlik kreditlar ajratish kabilar koʻzda tutilmoqda”, deyiladi hukumat axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?