Rossiyada migrantlarning uzoq muddat yashashi uchun yangi tartib joriy etilаdi

10:10 08 Iyun 2020 Dunyo
372 0

Xorijiy mamlakatlar fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida uzoq muddatli boʻlishlari uchun yangi huquqiy tartibni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV maʼlum qilgan.

“Mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini modernizatsiya qilish, migratsiya sohasidagi xavfsizlik va qonun ustuvorligini taʼminlash, shuningdek, migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini kompleks axborotlashtirish rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻra, ushbu raqamli tizim doirasida maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Unda mamlakatga tashrif buyuruvchi barcha shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanadi.

Bundan tashqari, mobil ilova shaklida ishlab chiqiladigan platformada migrant zarur davlat xizmatlarini va tegishli xabarnomalarni olishi mumkin boʻlgan shaxsiy kabinetni yaratish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?