Rossiyada koronavirusni yuqtirib olganlar 900 ming nafarga yaqinlashmoqda 

14:02 08 Avgust 2020 Dunyo
391 0

Rossiya rasmiylarining juma kungi bergan xabarlariga koʻra, mamlakatda 8-avgust kuni 5212 kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi va kasallanganlarning umumiy soni 882 347 kishiga yetdi.

Ayni paytda Rossiya koronavirus tarqalishi boʻyicha dunyoda AQSH, Braziliya va Hindistondan keyin toʻrtinchi oʻrinda turibdi.

Shuningdek, Rossiyada payshanba kuni yana 119 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirda bu mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning eʼlon qilingan rasmiy soni 14 725 kishini tashkil qilmoqda.

Bemorlarning 690 207 nafari tuzalgan boʻlib, 178 818 kishi davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?