Rossiyada koronavirus qurbonlari soni 14 ming nafardan oshdi

19:32 01 Avgust 2020 Dunyo
175 0

31-iyul juma kuni Rossiyada yana 95 kishi koronavirus tufayli olamdan oʻtdi. Bu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 14 058 kishiga yetdi.

Shuningdek, rasmiylarning xabar berishicha, mamlakatda oʻtgan sutka davomida 5462 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Ayni paytda COVID-19 ni yuqtirib olganlar jami boʻlib 845 443 kishini tashkil qilmoqda.

Bemorlarning 646 524 nafari tuzalgan boʻlib, 184 861 kishi koronavirusdan davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?