Rossiyada koronavirus aniqlanganlarning 900 dan ortig’i harbiy ekanligi ma’lum bo’ldi

10:34 28 Aprel 2020 Hujjatlar
377 0

900 dan ortiq rossiyalik harbiylar koronavirus yuqtirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlari harbiylari koronavirusni aniqlash uchun topshirgan testi natijasida 901 askar virus yuqtirgani ma’lum bo’lgan. Bundan tashqari, 254 fuqarolik xodimlarida ham COVID-19 aniqlangan.

Shuningdek, oliy harbiy o'quv yurtlarida koronavirus bilan kasallangan harbiy xizmatchilar, shu jumladan kursantlar va talabalar soni 963 kishiga ko'paydi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 271 o'qituvchi va o'quv yurtidagi o'quvchilar test sinovlarining natijalari ijobiy chiqqan.

26 aprel arafasida 874 rus qo'shiniga koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Bundan tashqari, Rossiya qurolli kuchlarida ishlaydigan 245 fuqaro shaxsiy tarkibda ushbu virusni yuqtirgan. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Mudofaa vazirligining o'quv muassasalarida o'quv yilini muddatidan oldin yakunlashni buyurdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?