Rossiyada avtobusda YTHga uchraganlarga yordam bergan 20 yoshli oʻzbekistonlik mukofotlandi

15:46 21 Avgust 2019 Jamiyat
322 0

Rossiyaning Perm oʻlkasida avtobusda YTHga uchraganlarni qutqarishda jonbozlik koʻrsatgan vatandoshimiz, Danil Yoʻldoshev mukofotlandi. Bu haqda everyday.uz manbasi xabar qildi.

Bugun oʻlka gubernatori Maksim Reshetnikov unga minnatdorchilik xati yoʻllagan. Shuningdek, unga boks qoʻlqopi sovgʻa qilgan. Chunki Danil yetti yildan beri boks bilan shugʻullanadi. Gubernator Danilga minnatdorchilik bildirish bilan birga Rossiya fuqaroligini olishda ham koʻmaklashishga vaʼda berdi.

Danil Yoʻldoshev - Toshkentda tugʻilgan. U 7 yildan beri buvisi bilan Permda yashaydi. Danil u yerda maktab va texnologiya texnikumini tamomlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?