Rossiya jahon chempionatini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

22:16 14 Iyun 2018 Sport
567 0

Uchrashuvda mezbonlar yirik — 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 12-daqiqasida Yuriy Gazinskiy Aleksandr Golovinning uzatmasidan gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Birinchi bo‘lim yakunida Denis Cherishev raqib jarima maydoni ichida qulay pasni qabul qilib oldi va himoyachilarni chalg‘itgan holda jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari bosimni biroz kamaytirishdi va bu o‘yin tezligiga o‘z ta’siri o‘tkazdi. 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Artyom Dzyuba boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Denis Cherishev va Aleksandr Golovin yana bir martada gol kiritib, Rossiya terma jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu guruhdagi Misr va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti 17:00 da boshlanadi.
Ertaga “V” guruhida birinchi tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. Jumladan, soat 20:00 da Marokash — Eron uchrashuvi boshlansa, 23:00 da Ispaniya — Portugaliya uchrashuviga start beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?