Rossiya sodir boʻlgan YTH natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

16:45 05 Mart 2019 Jamiyat
371 0

Illyustrativ foto

2019 yilning 3 mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 1986 yil 4 oktyabrda Namangan shahrida tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Sardorbek Akramovich Gʻafurov halok boʻlgan. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi maʼlumotlariga tayanib Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.

Rossiya IIVning Moskva shahri boʻyicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga koʻra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan oʻgʻli Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur masala Elchixona Konsullik boʻlimi nazoratida turibdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?