Rossiya sobiq prezidentlari bir umrlik senator maqomini olishi taklif etildi

20:52 12 Fevral 2020 Siyosat
196 0

Foto: www.google.com

Rossiyaning sobiq prezidentlari vakolati tugaganidan soʻng bir umrlik Federatsiya Kengashi aʼzosi maqomini oladi. Bu haqida Rossiya Konstitutsiyasining 5-moddasiga qoʻshimcha kiritish taklif qilindi.

Ushbu qoʻshimchani taklif qilgan ishchi guruh xulosasiga koʻra, sobiq davlat rahbari ulkan tajriba va bilimlarga ega boʻlgan holda Federatsiya Kengashiga “foydali boʻlishi aniq”.

Prezidentlar oʻz vakolatlari yakunlanganidan soʻng yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan soʻng bir umrlik senator maqomiga ega boʻlishi mumkin. Shuningdek, sobiq prezidentlar senator maqomidan voz kechish huquqiga ham ega.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaga yana bir qoʻshimcha kiritish taklif qilinmoqda. Yaʼni davlat rahbarining Federatsiya Kengashi aʼzolarini tayinlash huquqini kengaytirish taklifi. Ayni damda prezident 17 nafar senatorni tayinlashi mumkin. Yangi normaga koʻra ushbu vakolat 30 kishiga kengaytirilishi ehtimoldan yiroq emas. Shu bilan birga, ana shunday senatorlardan 7 nafari “bir umrlik” maqomga ega boʻlishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?