Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

11:44 06 Avgust 2019 Jamiyat
257 0

Avval xabar berganimizdek, Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo)ning taklifiga asosan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda “Oʻzstandart” agentligi rahbar va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib turibdi.

Bugun, Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo)ning bosh qarorgohida Federatsiyasi va Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki tashkilot oʻrtasida isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tajriba va axborot almashish, trening, konferensiya, seminar va simpoziumlar tashkil etish masalalarini qamrab oladi.

Maʼlumot uchun: Rossiya sifat nazorati (Roskachestvo) nodavlat tashkilot boʻlib, Rossiya mahsulotlarining sifati boʻyicha mustaqil tadqiqotlar olib boruvchi, milliy mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish, shuningdek, Rossiya mahsulotlariga ishonchni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Federatsiyaning Moskva shahrigasafari davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?