Rossiya Oʻzbekistondagi fuqarolarini maxsus bortlarda olib ketishga tayyorlanmoqda

19:53 16 Mart 2020 Dunyo
189 0

Foto: www.google.com

Oʻzbekiston 16-mart kunidan eʼtiboran jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlarini toʻxtatdi.

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekistonni tark etish istagida boʻlgan fuqarolari uchun maxsus bortlar tashkil etish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayni vaqtda Oʻzbekistondan Rossiya fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus bortlar tashkil etish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Buning uchun elchixona Oʻzbekistonni tark etish istagida boʻlgan fuqarolarning roʻyxatini tuzadi“, — deyiladi elchixona xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?