Rossiya Oʻzbekiston va Tojikistondan yuborilgan 200 tonna xurmoni chegaradan oʻtkazmadi

15:24 15 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
287 0

Illyustrativ foto

Rossiya va Qozogʻiston chegarasidagi “Troisk” nazorat-oʻtkazish punktida xurmo mevalari ortilgan 10 ta yuk avtomobili toʻxtatib qolindi.

31tv.runing yozishicha, haydovchilar ushbu mevalar Oʻzbekiston va Tojikistonda yetishtirilganini aytgan.

Rossiya qishloq xoʻjaligi nazoratining Chelyabinsk hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida 4 ta yuk mashinasidagi meva qutilariga mahsulot nomi, mamlakati va yetishtirilgan joyi qayd etilgan yorliqlar yoʻqligi maʼlum boʻlgan. Qolgan yuk mashinalarida esa mahsulot qaysi mamlakatda yetishtirilganligini koʻrsatuvchi sertifikat boʻlmagan. Bu holat xalqaro standart talablarining buzilishi hisoblanadi.

Shuning uchun yuk avtomobillari chegaradan oʻtkazilmagan, yuk egalari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, mevalar ortga qaytarib yuborilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?