Rossiya mehnat muhojirlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni qat’iylashtirdi

14:42 10 Iyul 2018 Dunyo
349 0
Foto: Rossiyskaya gazeta

O‘tgan oy oxirida Rossiyada mehnat migrantlarini ro‘yxatga olish qoidalarini qat’iylashtiruvchi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi mehnat muhojirlarini ish joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin emas.

Migrantlarni faqat haqiqatan yashash joyi bo‘yicha rasmiylashtirishga ruxsat beriladi. Bundan oldin ish beruvchilar o‘z korxonasining yuridik manzili bo‘yicha ishchilarni ro‘yxatga olish huquqiga ega edilar.

Qator ekspertlar yangi qoidalarni bajarishning amalda iloji yo‘qligi va migrantlarning ko‘p qismi, garchi Rossiyada ishlash uchun qolsada, yashirin holatga o‘tib olishini, politsiyachilar esa deportatsiya qilib yuborish bilan qo‘rqitib, migrantlardan pul olish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lishini taxmin qilyapti.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda Rossiyada to‘qqiz millionga yaqin mehnat muhojiri bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?