Rossiya kosmosni nazorat qilish tizimini tikladi. Bunda Oʻzbekistonning ham hissasi bor

14:19 25 Avgust 2018 Jamiyat
273 0
Illyustrativ foto

Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Keldish nomli amaliy matematika instituti Yer shari boʻylab yoyilgan teleskoplar tarmogʻini yaratdi. Shu orqali kosmik maydon kuzatib boriladi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.

“Oʻnlab eski rasadxonalarda kuzatish yangilandi: Tarixa (Boliviya), Ussuriysk, Blagoveshensk, Xuraltogot (Moʻgʻiliston), Kitob (Oʻzbekiston), Gissar, Sanglok (ikkalasi ham Tojikiston), Abastumani (Gruziya), Ujgorod (Ukraina), Kastelgrande (Shveysariya). Yangi joylar oʻrganilib, Kamchatka, Uzoq Sharq, Sibir, Oltoy, Moldaviya, Meksikada yana sakkizta kuzatish punkti tashkil etildi. Barcha geostatsionar orbita qoplab olindi”, - deyiladi hujjatda.

Eski qurilmalarning safga qaytishi va yangi teleskoplarning ishga tushirilishi sunʻiy yoʻldoshlar uchirilishi, ularni orbitada yoki atmosferaga chiqishda halokatga uchragani haqida maʻlumotlarni qabul qilish, kosmik apparatlarning potensial xavfli yaqinlashuvini kuzatish, kosmik chiqindilar tarqalishi modelini koʻrib borish va aniqlashtirish imkonini beradi.

Bundan oldin onlayn nashrimizda Oʻzbekiston va Rossiya kosmosni oʻrganish uchun noyob Suffa radiostansiyasini qurib bitkazishga qaror qilgani haqida maʻlumot bergandik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?