Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistondagi eng asosiy rangli metallar ishlab chiqaruvchini modernizatsiya qiladi

14:10 14 Avgust 2019 Jamiyat
60 0

Illyustrativ foto

“Uralmashzavod” Oʻzbekistondagi eng asosiy rangli metallar ishlab chiqaruvchi korxona - Olmaliq KMKning asosiy boyitish fabrikasini modernizatsiya qiladi. Bu haqda kompaniya saytida maʼlum qilindi.

Shartnomaga koʻra, Rossiya korxonasi mis bilan boyitish fabrikasi texnologik liniyasini toʻliq yangi asbob-uskunalarga almashtiradi. Yanada mustahkam poʻlat markasi, yangi zirh va maxsus burgʻulash kameralari shular jumlasidandir, boshqarish va nazoratning avtomatlashtirilgan yangi tizimi qoʻllaniladi.

Bitim asosida 20 ta avtomatlashtirilgan burgʻulash kompleksi, 30 ta gʻalvir mashinasi va 2 ta sharli tegirmon olib kelinadi.

Modernizatsiya barcha nuqtalarda energiya sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

OKMK Oʻzbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona kombinat boʻlishi barobarida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan kumushning 90 foizi, oltinning 20 foizi ham uning hissasiga toʻgʻri keladi.

2018-yil avgustidan korxonaning davlat ulushi SFI Management Group kompaniyasi ishonchli boshqaruviga berilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?