Rossiya kompaniyasi Namanganda tirkama ishlab chiqariladigan zavod qurmoqchi

09:51 10 Aprel 2019 Iqtisodiyot
199 0

Rossiyaning “Orskiy pritsepostroitel” kompaniyasi Namangan viloyati Norin tumanida 2 tonnadan 24 tonnagacha yuk koʻtara oladigan tirkama va yarim tirkamalar ishlab chiqariladigan zavod qurmoqchi. Bu haqda Oʻzbekistoning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Rossiya tomoni 3 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Qurilish ishlarini shu yil boshlab, zavodni 2021 yilda foydalanishga topshirish moʻljallanyapti.

Joriy yil mart oyida “Orskiy pritsepostroitel” va “Orskiye pritsepы” kompaniyalar vakillari korxona quriladigan joyga tashrif buyurib, ushbu masalani muhokama qilishgandi. Oʻshanda ularga mintaqaning savdo-iqtisodiy salohiyati, amaldagi soliq va boshqa imtiyoz hamda preferensiyalar, biznes yuritish sharoitlari haqida maʼlumot ham berilgandi. Yakunda ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?