Rossiya ham chigirtka balosiga duch keldi

22:34 29 May 2020 Dunyo
367 0

Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi Stavropol oʻlkasi, Dogʻiston va Oltoy togʻlari etaklarida chigirtkalar bosqini kuzatilayotganini maʼlum qildi. Hosil qoʻldan boy berilmasligi uchun 33 hududda kimyoviy dorilash boshlangan.

Vazirlik chigirtkalar 2,5 ming km 2-maydonni egallab olganini taxmin qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bahorning odatdagidan issiqroq oʻtgani chigirtkalar bosqiniga sharoit yaratgan boʻlishi mumkin.

Avvalroq, Hindistonda oxirgi 27 yildagi eng yirik chigirtka bosqini kuzatilgani aytilgan edi. Chigirtkalar bir qator shtatlar dalalarida sabzavot va paxtaga, shuningdek, daraxtlarga zarar bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?