Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari yurtimizdagi Rossiya OTMlari filiallari bilan tanishmoqda

14:13 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
142 0

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasini fan va taʼlim boʻyicha tarkibiy komisciyasining hamraisi Marina Borovskaya Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Tashrif doirasida Marina Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya bugun, 9-sentyabr kuni “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida boʻldi.

Mehmonlar filialning oʻquv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Oʻquv laboratoriyalari, oʻquv xonalari delegatsiya aʼzolarida yaxshi taassurot qoldirdi.

Talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan boʻlgan muloqot chogʻida oʻquv jarayoni samaradorligini yanada oshirish, oʻquv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini boyitish xususida fikr almashildi.

Maʼlumot uchun, ertaga, 10-sentyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov va Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Marina Borovskaya ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasini fan va taʼlim boʻyicha tarkibiy komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?